Georgiy Agzamov xotirasiga baІishlangan turnir

2018 yilning 22 aprel-1 may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat bo‘yicha Toshkent (open) XII xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa shaxmat bo‘yicha Respublika ixtisos­lashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida o‘tkaziladi.
Mazkur an’anaviy musobaqa 2007 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Turnirni tashkil etishdan asosiy maqsad O‘zbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy Agzamov xotirasini yod etish, sportchilar unvon, reytinglari va mahoratlarini oshirish, sport an’analarini saqlash hamda o‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro grossmeysterlar bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishlarini ta’minlashdan iborat.
Musobaqa mukofot jamg‘armasi 20 000 AQSh dollariga teng.
Musobaqada 13 davlatdan: Ispaniya, Eron, Belorussiya, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Armaniston, Moldaviya, Belgiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘onis­tondan tashrif buyurgan 200 dan ortiq xalqaro grossmeysterlar, xalqaro toifadagi sport ustalari va boshqa shaxmatchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Musobaqada 13 davlatdan: davlatlardan tashrif buyurgan mahoratli va taniqli shaxmatchilar ishtirok etishlari rejalashtirilgan.
Musobaqa “A” va “B” guruhlarda tashkil etilib, yosh toifalari bo‘yicha 12 yoshgacha bo‘lgan sportchilar “B” guruhida, 12 yosh va undan katta sportchilar “A” guruhida ishtirok etadilar.
Musobaqa 9 turdan iborat bo‘lib, shveysarcha tizimda tashkil etiladi. Ishtirokchilar 22 aprelga qadar ro‘yxatga olinadi!
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi professional va havaskorlarni musobaqada ishtirok etishga taklif etadi.
 

Qaysi sportchining muhlisisiz? (73)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.04.2018 | 12:04

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169