Sohibqironga bag‘ishlandi

9-aprel kuni mamlakatimiz bo‘ylab Sohibqiron Amir Temur tavalludining 682 yilligi munosabati bilan ko‘plab tadbirlar tashkil etildi. 

Jumladan, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “Ajdodlarga munosib voris bo‘laylik!” shiori ostida o‘tgan tadbirda harbiylar, tarixchi-olimlar, yoshlar bilan bir qatorda sportchilar ham ishtirok etishdi. Tadbir buyuk sarkarda haykali poyiga gul qo‘yishdan boshlandi.
Amir Temur va temuriylar tarixini o‘rganishga bag‘ishlab tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyada sohibqiron yuritgan siyosat, “Temur tuzuklari”da ilgari surilgan ezgu g‘oyalarga oid ma’ruzalar tinglandi.
Amir Temur xiyobonida temuriylar davri va hayotini aks ettiruvchi teatrlashtirilgan tomoshalar, kurash, qilichbozlik, o‘zbek jang san’ati sport turlari bo‘yicha respublika ochiq turniri hamda “Yoshlar marafoni” o‘tkazildi. Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan “Temur tuzuklari” bilimdoni” tanlovida yoshlar o‘z salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.
 

Qaysi sportchining muhlisisiz? (73)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.04.2018 | 12:04

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169